Vodiy derbisida birgina gol o'yin taqdirini hal qildi
Vodiy derbisida yana bir karra andijonliklar muxlislar nimalarga qodirligini namoyish qildi. O'yinga qiziqish katta bo'lgani uchun “Bobur arena”da muxlislar bilan to'lib-toshdi. 19695 nafar muxlislar bahsni stadionda kuzatib bordi.
Futbolchilar singari ishqibozlarimiz ham derbiga yaxshigina tayyorgarlik ko'rdi. Shuni ishonch va mubolag'asiz aytish mumkinki, “Andijon” fan-klubi muxlislik qilish borasida tengsiz ekanini yana bir karra isbotladi. O'yin oldidan va o'yin davomida “Bobur arena”da baralla kuyladi, muhit shunchaki “dahshatli” edi. Stadiondagi bunday joziba, takrorlanmas muhit har qanday chempionatning bezigaga aylanadi. “Bobur arena” etlarni jimirlatib yubordi.
Ha, natija qoniqarsiz bo'ldi. O'yinning oxirgi daqiqasida o'tkazib yuborilgan gol alamli edi. Bunday derbida o'yinning qiyin o'tishi oldindan ma'lum. Ikkala jamoa a'zolari jon-jahdlari bilan kurashishdi. O'yin ko'proq maydon markazida kechdi va jamoalarda vaziyatlar u qadar ko'p bo'lgani yo'q.
Ha, “Andijon” yarimta imkoniyatdan ham foydalanish harakatida bo'ldi. Biroq yakun kutilganidek chiqmadi. Futbolda bunday holat bo'lib turishi tabiiy. Bunday mag'lubiyat juda alamli, biroq futbolchilar ham mehnat qilishdi. Shunchaki, yoqimsiz natija bilan yakun topdi. Lekin oldinda hali o'yinlar bor va boshni baland ko'targan holda keyingi uchrashuvlar haqida o'ylash lozim.
Bu mag'lubiyat bizni yanada kuchli qilishiga ishonamiz. Jamoamizni shunday bebaxo muxlislari bor ekan, “Andijon” aslo kuchsizlanib qolmaydi.
E'tiborli jihati, uchrashuvdan keyin jamoamiz yarim himoyachi Damir Temirovga viloyatimiz hokimi tomonidan “Oniks” mashinasi sovgʼa qilindi. Avvalgi ikkita uchrashuvda 3 ta gol urib ijobiy natijalarga o'z hissasini qo'shgan va ishqibozlarning olqishlariga sazovor bo'lgan futbolini viloyatimiz hokimi taqdirladi. Bunday rag'batlar davom etishi ta'kidlandi.
“Andijon” - “Navbahor” - 0:1 (0:0).
12 avgust. Andijon. “Bobur arena” stadioni. 19695 tomoshabin.
Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Sherzod A'zamov, Sardor Hakimov
Zaxira hakami: Nurbek SHeraliev
VAR: Abdurashid Xudoyberganov
AVAR: Andrey Sapenko
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Davron Ibrohimov
“Andijon”: Erjan Tokotaev, Sunnatilloh Hamidjonov, Shaxzod Azmiddinov, Kristian Novak, Sardor Azimov, Muhammadkarim Toirov, Saidumarxon Saidnurullaev (Islom Mamatkazin, 90+1), Damir Temirov (Ismail Akinade, 67), Bektemir Abdumannonov (Muhammadali Usmonov, 78), Doniyor Abdumannopov, Otabek Jo'raqo'ziev (Ilhom Abdug'aniev, 78).
“Navbahor”: Shukron Yo'ldoshev, Julio Sezar, Igor Gabriel, Mirzoxid G'ofurov (Jaloliddin Sodiqov, 67), Gilerma Aleksandr, Abbos G'ulomov (Shoxmalik Komilov, 86), Jamshid Boltaboev, Muhammadbobur Mo'ydinov (Saidazamat Mirsaidov, 86), Ruslan Jiyanov, Zabihillo O'rinboev (Pedro Augusto, 75), Muhammadali G'iyosov.
Gol: Ruslan Jiyanov, 89 - 0:1.
Ogohlantirishlar: Shaxzod Azmiddinov, 40. Otabek Jo'raqo'ziev, 65 - Mirzoxid G'ofurov, 51.