KICHIK VODIY DERBISIDA “ANDIJON” U19 SAFARDA “NAVBAHOR” U19 JAMOASINI MAGʻLUB ETDI
Shu kunlarda barchaning eʼtibori boʻlajak “Andijon” va “Navbahor” toʻqnashuviga qaratilgan. Vodiy derbisi oldidan esa bugun Oʻzbekiston U19 chempionatining ikkinchi davrasi boshlandi va unda kichik vodiy derbisi boʻlib oʻtdi. Namanganda “Navbahor” va “Andijon” U19 jamoalari chempionatning 12-tur doirasida bellashdilar. Bu esa ikkala jamoalarning ikkinchi davra oldidan oʻtadigan oʻyinlarining rasmiy debochasi boʻldi, deyish mumkin.
Quvonarlisi, “Andijon” U19 jamoamiz “Navbahor”ga qarshi oʻzaro oʻyinlar oldidan muhim gʻalabani boshlab berdi. Orif Mamatkazin boshchiligidagi yoshlarimiz derbida ajoyib oʻyin koʻrsatishdi va dastlabki boʻlimdayoq ikkita gol urishga muvaffaq boʻlishdi. Avvaliga Ravshanbek Omonboyev hisobni ochgan boʻlsa, boʻlim oxirlariga yaqin mezbonlar posbonidan avtogol yuzaga keldi.
Tanaffusdan keyin mezbonlar vaziyatni oʻzgartirgan holda birin-ketin ikkita gol urib hisobni tenglashtirishdi. Odatda, bunday vaziyatda va ustunlik boʻlgan paytda raqib jamoada tushkunlik sezilishi tabiiy. Biroq “Andijon” U19 ushbu qiyin holatdan mardonavor chiqib keta oldi. Futbolchilar oʻzlarida xarakter koʻrsatishdi hamda 84-daqiqada zaxiradan maydonga tushirilgan Bekmurod Abduraimjonov gʻalaba golini kiritdi.
Bilasiz, 12-avgust kuni Superliganing 19-turida “Andijon” jamoamiz “Bobur arena”da “Navbahor”ni qabul qiladi. Ertasiga esa ushbu jamoalarning oʻrinbosarlari ham Andijonda bellashadilar.
“Andijon” U19 “Navbahor”ga qarshi oʻyinlardagi gʻalabani boshlab berdi va bu davomli boʻlishiga tilakdoshmiz.
12-avgust kuni asosiy jamoamizdan ham faqat gʻalaba kutib qolamiz. Barcha muxlislarni oʻsha kuni “Bobur arena”da kutamiz.
“Navbahor” U19 – “Andijon” U19 – 2:3 (0:2).
9-avgust. Namangan. “Paxtakor” stadioni. 90 tomoshabin.
Hakamlar: Isroil Imomnazarov, Islom Nosirov, Otabek Mamatov
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
Nazoratchi: Moʻminjon Majidov
Komissar: Umid Xolmatov
“Navbahor” U19: Sirotilloxon Yusubxonov, Bekzod Gʻofurjonov (Fozilbek Zokirov, 68), Sherzod Abdulboʻriyev (Azzibek Rahimjonov, 46), Zulfiqor Akbarov (Akbarxon Ibrohimxonov, 46), Muhammadali Rahimov (Sarvar Mirhoshimov, 68), Rustam Karimjonov (Jamshid Toshmuhammedov, 68), Anasxon Rahmonov, Asadbek Toshpoʻlatov, Sardor Mirxoldirshayev, Xojiahmad Xusanov (Abdurahmon Shamsiddinov, 68), Shoxruh Isomiddinov (Abdulloh Jamolov, 68).
“Andijon” U19: Asilbek Tojiddinov, Nurjigit Turgʻunaliyev, Ravshanbek Omonboyev, Shoxjahon Gʻulomjonov (Bekmurod Abduraimjonov, 68), Bahrom Qahhorov, Muhammadrizo Sharibjonov, Muhammadali Abdullajonov (Abdugʻani Gʻulomov, 77), Xabibullo Xabibullayev, Fazliddinxoʻja Ubaydullayev, Dilshod Ismatullayev (Saidbek Dehqonov, 62), Shoxruhmirzo Iminjonov.
Gollar: Ravshanbek Omonboyev, 12 – 0:1. Sirotilloxon Yusubxonov, 38-avtogol. – 0:2. Azizbek Rahimjonov, 72 – 1:2. Abdurahmon Shamsiddinov, 77 – 2:2. Bekmurod Abduraimjonov, 84 – 2:3.
Ogohlantirishlar: Xojiahmad Xusanov, 41. Abdurahmon Shamsiddinov, 82 – Abdugʻani Gʻulomov, 67. Nurjigit Turgʻunaliyev, 81. Bahrom Qahhorov, 90+1.