SAYT TEST REJIMIDA!!!

Rahimjon Davronov: "Kutganimizdan ham a'lo darajada bo'ldi"

Rahimjon Davronov: "Kutganimizdan ham a'lo darajada bo'ldi"

Kecha sevimli jamoamizning yangi mavsum oldidan o'tkazilgan taqdimot marosimi juda ko'tarinki ruhda tashkil qilindi. 

Jamoamizning yangi futbolchisi, darvozabon Rahimjon Davronov klub matbuot xizmatiga kechagi tanishtiruv marosimidan olgan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. 

"Taassurotlar zo'r. Kutganimizdan ham a'lo darajada bo'ldi. To'g'risi, muxlislar "yondirishdi". Xayrulla Hamidovni kelgani ham o'zgacha bo'ldi. 

Ko'rinib turibdi, Andijonda hamma futbolni sevadi. Xudo xohlasa, chempionatda ham shu muxlislar va "Andijon" uchun o'ynaymiz. Aytishadi-ku, Andijon uchun beramiz jon!". 

Eslatib o'tamiz, "Andijon" jamoamiz ilk turni 27 fevral kuni "Bobur arena"da Jizzaxning "So'g'diyona" klubiga qarshi o'tkazadi. Uchrashuv 18:45 da boshlanadi.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest