Maksim Shatskix: “Natijadan qoniqdim. Yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi”
Superliganing 17-turidan oʻrin olgan “Nasaf” – “Andijon” (1:1) oʻrtasidagi uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi.
- Xayrli oqshom. Oʻylaymanki, oʻyin muxlislarga yoqdi. Juda qiziqarli uchrashuv boʻldi. Raqib tomonidan ham, biz tomondan ham rejalangan ishlarni amalga oshirishga harakat qildik. Uchrashuvdan avval futbolchilarga bergan koʻrsatmalarni ular bajarishdi. Bu oʻyinga yigitlar koʻp kuch sarflashdi. Unutmaylikki, safarda amaldagi chempion jamoaga qarshi maydonga tushdik. Oʻyindan va natijadan qoniqdim.
- Natijadan rozi boʻldingizmi?
- Natijadan roziman. Bu uchrashuvda yutishimiz ham, yutqazishimiz ham mumkin edi.
- Maksim Aleksandrovich, uchrashuv qanday boʻlishini kutgandingiz?
- Biz shunday oʻyin boʻlishini, “Nasaf” oʻyinni nazorat qilishini sezgandik. Shunday ekan, qarshi hujumlarda vaziyatlarni poylab oldinga oʻtishni reja qilganmiz. Birinchi taymda bizda bunday imkoniyatlar bir necha marotaba yuz berdi. Ikkinchi taymda ham bunday imkoniyat boʻldi. Baʼzi vaziyatlarda tajriba yetishmay qoldi. Yigitlarga rahmat aytaman, ular oxirigacha chidashdi.
- Ikkinchi davradagi oʻzgarishlardan qoniqish hosil qildingizmi?
- Ha, mamnunman. Endi ikkita turni oʻtkazdik. Barchasi reja asosida davom etyapti. Biz ikkinchi davraga yaxshi tayyorgarlik olib bordik. Oldimizda yana uchta tur bor va keyin chempionatda biroz tanaffus boʻladi. Chempionatimizni ushbu oʻyinlari orqali Osiyo Chempionlar ligasiga yaxshi tayyorgarlik koʻrib boramiz.
- Koʻrinib turibdiki, jamoa oʻyini yaxshi tomonga oʻzgargan...
- Oʻyindan-oʻyinga vaziyatga qarab oʻzgarishlarni qilishga harakat qilyapmiz, taktik va jismoniy tomondan ham.