Prevyu. “Nasaf” – “Andijon”
“Andijon” jamoamiz 7 avgust kuni safarda “Nasaf”ga qarshi maydonga tushishidan xabaringiz bor.
Turning mazkur markaziy to‘qnashuviga qiziqish juda katta.
Shu kunga qadar jamoalar milliy chempionatda 47 marotaba maydonda kuch sinashishgan. “Andijon”da 7, “Nasaf”da 28 ta g‘alaba bor. 12 ta o‘yinda durang qayd etilgan. To‘plar nisbati 51\99 qarshiliklar foydasiga.
Joriy yilning birinchi davrasida Andijondagi bahsda 1:1 hisobi qayd etilgan. Shuningdek, 27 may sanasida ham jamoalar Oʼzbekiston Superkubogida toʼqnashishgan va unda 1:0 hisobi qayd etilgan.
“Andijon” Superligada “Nasaf” ustidan so‘nggi marotaba 2023 yili Qarshida 0:1 hisobida g‘alaba qozongan.
Navbatdagi uchrashuvda “Andijon” jamoamizga muvaffaqiyat tilaymiz.
Eslatib o‘tamiz, “Nasaf” – “Andijon” bahsi 7 avgust kuni “Nasaf” stadionida soat 20:00 da boshlanadi.