SAYT TEST REJIMIDA!!!

“Andijon” U21 jamoamizdan gollar shousi

“Andijon” U21 jamoamizdan gollar shousi

“Andijon” U21 jamoamiz ham ikkinchi davradagi rasmiy oʻyinini boshladi. Abdurashid Ismoilov boshchiligidagi yoshlarimiz kichik vodiy derbisi doirasida “Qoʻqon-1912” U21 jamoasini qabul qildi. 

Kecha “Andijon”ning asosiy jamoasi qoʻqonliklarni 3:0 hisobida taslim qilgan boʻlsa, bu safar ularning ukalari ham yirik hisobdagi gʻalaba bilan muxlislarni xursand qildi.

Eʼtiborlisi, “Andijon” U21 raqib darvozasiga oz emas, koʻp emas naqd 7 (!) ta gol urishga muvaffaq boʻldi. 

Avvaliga mehmonlar tezkor gol urib hisobni ochishgan boʻlsa, Muhammadyusuf Mirqodirov 35-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Qolgan gollar ikkinchi boʻlimda kiritildi.
Tanaffusdan keyin mehmonlar “Andijon” U21 futbolchilarini toʻxatib qolishning mutlaqo imkonini topa olmay qoldilar. Bir-biridan ajoyib hujumlar, kombinatsiyalar, tezkor harakatlar evaziga yoshlarimiz birin-ketin raqib darvozasini ishgʻol qildi. Zaxiradan maydonga tushgan Abdurahmon Abdullayev va Rahmatillo Izzatullayev ikkitadan gol urishgan boʻlsa, yana bir zaxiradan maydonga tushgan Akobir Axmajonov va Xamidullo Karimov ham oʻz hisobiga bittadan gol yozdirib qoʻydilar. 

Shu tariqa, “Andijon” U21 gollar shousini uyushtirib berdi va raqibini 7:2 hisobida dogʻda qoldirdi. Odatda, futbolda bunday natijalar kamdan-kam uchraydi. Bizning jamoa esa mana shunday natija bilan ham gʻalaba qozona olishini koʻrsata oldi.  

“Andijon” U21 – “Qoʻqon-1912” U21 – 7:2 (1:1).
4-avgust. Andijon. AVFM stadioni. 178 tomoshabin.

Hakamlar: Umidjon Rahimjonov, Jamshid Bakirov, Muhammadqodir Rahimjonov
Nazoratchi: Timur Abdullayev
Komissar: Azizbek Isamutdinov

“Andijon” U21: Mohir Komilov, Abubakir Ashurov, Abdurahmon Komilov (Bekzod Sulaymonov, 46), Sirojiddin Solijonov (Elbek Voxidovich, 74), Asadbek Habibullayev, Abbos Abdugʻafforov, Asatilla Gʻayratillayev (Nuriddin Bahodirov, 74), Shoxjahon Yorqinboyev (Akobir Axmajonov, 46), Muhammadyusuf Mirqodirov (Jamshid Koʻpaysinov, 46), Miraziz Maxamadaliyev (Abdurahmon Abdullayev, 46), Xamidullo Karimov (Rahmatillo Izzatullayev, 65). 

“Qoʻqon-1912” U21: Shamsiddin Xusanov, Mirziyod Mirodilov, Saidislom Paxlavonov (Muhammadyusuf Toʻychiyev, 85), Diyor Noʻmonov, Ayubxon Muxtorov (Oybek Munavvarov, 65), Samandar Yusufjonov (Xayrulloh Zokirjonov, 65), Tohir Yoʻldoshev, Doniyor Mahmudov (Azizbek Ergashaliyev, 46), Abdurashid Valiyev, Oʻktam Abdumalikov (Oʻrinboy Muhammadov, 65), Jasur Mahmujonov (Sardor Soliyev, 85).

Gollar: Jasur Mahmujonov, 4 – 0:1. Muhammadyusuf Mirqodirov, 32 – 1:1. Akobir Ahmadjonov, 50-pen. – 2:1. Xamidullo Karimov, 60 – 3:1. Abdurahmon Abdullayev, 69 – 4:1. Rahmatillo Izzatullayev, 77 – 5:1. Abdurahmon Abdullayev, 79 – 6:1. Rahmatillo Izzatullayev, 82 – 7:1. Oybek Munavvarov, 90+1 – 7:2.

Ogohlantirish: Doniyor Mahmudov, 1 (“Qoʻqon-1912” U21).

 

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest