Maksim Shatskix: “Futbolchilarga ikkinchi boʻlimdagi oʻyinlari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman”
“Andijon” – “Qoʻqon-1912” (3:0) oʻrtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi.
- Hammaga xayrli kech. Oʻyin haqida toʻxtaladigan boʻlsam, afsuski, birinchi taym biz xohlagandek boʻlmadi. Dastlabki 15 daqiqa yoqqandi. Keyinchalik bizda oʻyin oʻxshamadi. Oʻyinchilarda biroz xayajon ham boʻldi. Stadionda muxlislarning qoʻllab-quvvatlashi va javobgarlik hissi yuqoriligi uchunmi, ularda hayajon sezildi. Birinchi taymdan keyin kerakli oʻzgarishlar haqida gaplashdik va bu ikkinchi boʻlimda oʻz natijasini berdi. Vazifamiz gol urish edi. Gol urganimizdan keyin asta-sekin hamasi yaxshilanib bordi. Yigitlarga ikkinchi taymdagi oʻyinlari uchun alohida minnatdorchilik bildiraman. Tanaffusdan keyin baʼzi joylarda tez harakat qilish, toʻp uzatish kabi ayrim nuqsonlar kuzatildi. Oʻylaymanki, vaqt oʻtishi bilan toʻgʻrilanib boradi. Kombinatsion oʻyin tashkil qilishni xohlagandik. Biroq baʼzi holatlarda buni imkoni boʻlmadi.
- Yangi oʻyinchilar bilan eski futbolchilarni bir-birini tushunishi qanday kechyapti?
- Oʻyinda hammadan qoniqdim. Ayniqsa, maydonga tushgan barcha yangi futbolchilarning oʻyinidan qanoatlandim, deyishim mumkin. Oʻyinchilarda toʻliq mashgʻulotlar oʻtkazgani vaqti kam edi. Shunga qaramay, barcha yangi futbolchilardan ham qoniqdim. Oʻyindan-oʻyinga yigitlar bir-birini yanada yaxshiroq tushunib borishadi.
- Shaxzod Azmiddinovni jarohati qanday?
- Uni holati yaxshi. Jarohati jiddiy emas. “Paxtakor”dan keldi. Albatta, u yerdagi bilan bizdagi holat boʻyicha farq boʻlishi mumkin. Shunchaki, u koʻp vaqt oʻrinbosarlarda qolib ketdi. Ammo jarohati jiddiy emas. Yangi oʻyinchilar qatorida va oʻylaymanki, oʻyindan-oʻyinga u ham yanada shakllanib, “ochilib” boradi, deb oʻylayman. Sunnatillo Hamijonov haqida ham shunaqa deyish mumkin. Ismail Akanideda ham pauza boʻlgan. Shu bois u individual tarzda mehnat qildi. Oʻylaymanki, OCHLgacha optimal formaga kirib olamiz.
- Yangi darvozabon Erjan Tokotayevga alohida toʻxatilb oʻtsangiz.
- U juda yaxshi oʻyin oʻtkazdi. Bir qancha epizodlarda juda yaxshi harakat qildi. Shunchaki, unga qoyil!