SAYT TEST REJIMIDA!!!

Rasman! Shaxzod Azmiddinov “Andijon” futbolchisi!

Rasman! Shaxzod Azmiddinov “Andijon” futbolchisi!

Yozgi seleksiya jarayonida jamoamiz tarkibini yangi oʻyinchi bilan kuchaytirishda davom etmoqda.

“Paxtakor” klubi tabriyalanuvchisi va ushbu jamoa sharafini himoya qilib kelgan iqtidorli futbolchi Shaxzod Azmiddinov endi “Andijon” futbolchisiga aylandi. 

Tomonlar oʻzaro kelishuvga erishishdi va futbolchi joriy mavsum oxiriga qadar “Andijon”da ijara asosida toʻp suradi.

Maʼlumot uchun, Shaxzod Azmiddinov 2000-yilning 7-avgust kuni tavallud topgan. U 2020-yildan beri “Paxtakor”da faoliyat olib borgan va shu vaqtga qadar 98 ta uchrashuvda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli pas uzatgan.

Umid qilamizki, mavsumning ikkinchi qismida Azmiddinov oʻzining yorqin oʻyinlari bilan muxlislarning mehrini qozona oladi. 

Shaxzod, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest