Rasman! Erjan Tokotayev “Andijon” aʼzosiga aylandi
Yozgi seleksiyada tarkibini kuchaytirayotgan “Andijon” klubi oʻz safini yana bir mahoratli futbolchi bilan toʻldirdi.
Qirgʻiziston milliy terma jamoasi darvozaboni Erjan Tokоtayev rasman “Andijon” futbolchisiga aylandi. U bilan shartnoma imzolandi va endilikda
“Burgutlar” sharafini himoya qiladi.
Maʼlumot uchun, Erjan Tokotayev 2000-yilning 17-iyul sanasida Qirgʻizistonda tavallud topgan. Darvozabon faoliyati davomida “Dordoy” (Qirgʻiziston), “Alga” (Qirgʻiziston), “Kaspiy” (Qozogʻiston), “Turon” (Qozogʻiston) va “Shanliurfaspor” (Turkiya)da faoliyat olib borgan.
Tokotayev 2023-yildan beri Turkiya chempionatida “Shanliurfaspor”da oʻynagan. Erjan faoliyati mobaynida hozirgacha 92 ta oʻyinda ishtirok etgan. 2021-yildan beri Qirgʻiziston milliy terma jamoasi aʼzosi hisoblanadi va hozirga qadar bosh jamoada 36 ta oʻyin oʻtkazgan.
Erjan, “Andijon”ning ahil oilasiga xush kelibsan!