SAYT TEST REJIMIDA!!!

Rustam Turdimurodov jamoamizni tark etdi

Rustam Turdimurodov jamoamizni tark etdi

“Andijon” safida toʻp surib kelgan 21 yoshli iqtidorli hujumchi Rustam Turdimurodov jamoamizni tark etdi.

U “Paxtakor” klubiga tegishli boʻlib, “Burgutlar” safida ijarada toʻp surib kelgandi. Endilikda esa futbolchining jamoamizdagi faoliyati yakuniga yetdi.

Rustam Turdimurodov “Andijon”ga oʻtgan yilgi mavsum boshida qoʻshilgan boʻlib, oʻtgan bir yarim yil davomida 43 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli pas uzatdi.

Rustamga omad tilaymiz va jamoamizdagi faoliyati uchun minnatdorchilik bildiramiz.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest