SAYT TEST REJIMIDA!!!

Jamoamiz ertaga o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

Jamoamiz ertaga o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi

FIFA kunlaridan unumli foydalanib, jamoamiz Tojikiston milliy banki o'quv markazining sport kompleksida o'z yig'inini olib bormoqda. 

Kuniga ikki mahaldan o'tkazilayotgan mashg'ulotlar yuqori darajada davom ettirilmoqda. Shuningdek, rejaga ko'ra, mazkur yig'in davomida o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazish ham ko'zda tutilgandi. 

Ertaga, 5 iyun sanasida “Andijon” jamoamiz Tojikistonning yetakchi klublaridan biri hisoblangan “Xo'jand”ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.

Mazkur bahs jamoamiz istiqomat qilayotgan “Natsbank” qarorgohining maydonida soat 17:30 da boshlanadi.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest