“Andijon”ga omad tilab qolaman, hammasi uchun rahmat!
Xabaringiz bor, bugun ikki nafar legioner – Islam Mashukov va Miomir Jurichkovich jamoamiz bilan xayrlashishdi.
Ushbu futbolchilar ketar chog'ida klub matbuot xizmatiga jamoada o'tkazgan faoliyatlari borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdilar:
Islam Mashukov: “Birinchi navbatda jamoa muxlislariga katta tashakkur aytmoqchiman. “Andijon”ni yuragidan qo'llab-quvvatlaydigan ishqibozlariga alohida minnatdorlik izhor qilaman. Ha, men bilaman, ularni xursand qila olmadim. Lekin buni o'ziga yarasha sabablari bor edi. Ishonamanki, “Andijon” yangi murabbiylar shtabi bilan yanada kuchliroq jamoaga aylanadi. Maksim Aleksandrovich - jamoaga ko'p narsa bera oladigan top darajadagi murabbiy. U klubni yuqoriga olib chiqadi, deb o'ylayman. “Andijon”ga hamma vaqt omad tilab qolaman. Hammasi uchun rahmat!”
Miomir Jurichkovich: “Men bu jamoaga va ayniqsa O'zbekistonda eng zo'ri bo'lgan muxlislarga alohida rahmat deb qolaman. Afsuski, men ushbu jamoaga kerakli foyda keltira olmadim. Shuning uchun ketishga qaror qildim. “Andijon” menda unutilmas tajriba bo'lib qoladi. Kelajakda albatta jamoaga muvaffaqiyatlar tilab qolaman".