Yangilik
Oleg Zoteev: “Operatsiya yaxshi o'tdi”
Jamoamizning tajribali futbolchilaridan biri Oleg Zoteev yaqinda mashg'ulotlardan birida oyog'idan jarohat olgani sababli Moskvada operasiya qildirdi.
Shu boisdan hozirda u jamoamiz bilan birga emas. Birinchi navbatda unga sog'liq tilaymiz va ayni paytdagi holati xususida futbolchi klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:
"Operatsiya yaxshi o'tdi. Muammo yo'q, barchasi qoniqarli. Toshkentga keldim. Faqat safga qachon qaytishimni bilmayman.
21 kun mobaynida deyarli gips holatida bo'laman. Keyin tikilgan iplari yechiladi. Shunga qarab yana bilinadi. Yana bir marotaba MRT qilinadi.
Albatta, iloji boricha tezroq qaytib, jamoamga yordam berishga harakat qilaman”, - deydi Zoteev.
Oleg biz sen bilan birgamiz!