Yangilik
Rasman! Jurichkovich va Mashukov bilan shartnoma bekor qilindi
Joriy mavsum boshida “Andijon” jamoamiz safiga qo'shilgan legionerlar – chernogoriyalik himoyachi Miomir Jurichkovich hamda rossiyalik hujumchi Islam Mashukov bilan tuzilgan mehnat shartnomalari ikki tomonning o'zaro kelishuviga ko'ra bekor qilinganligini ma'lum qilamiz.
Ma'lumot uchun, Jurichkovich “Andijon” safida chempionat va Kubok musobaqasida hammasi bo'lib 10 ta uchrashuvida maydonga tushdi. Mashukov esa Superliga, O'zbekiston Kubogi va Superkubokda jami 13 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta golli pasni uzatdi.
Har ikkala legionerga keyingi faoliyatida omad tilaymiz!