“Andijon” U19 jamoamizdan dastlabki g'alaba
O'zbekiston U19 birinchiligining 7-turida “Andijon” yoshlari Qo'qonda mezbon tengqurlariga qarshi maydonga tushdi.
Orif Mamatkazin boshchiligidagi U19 jamoamiz yagona gol evaziga g'alaba qozonishni uddaladi. Birinchi bo'limning 39-daqiqasida Alijon Aliev tomonidan kiritilgan gol “Andijon” U19 ga chempionatdagi ilk g'alabani taqdim qildi. Umid qilamizki, shu bilan yosh jamoamizning g'alabali seriyasi boshlanadi.
Navbatdagi turda “Andijon” U19 11 iyun sanasida o'z uyida “FarDu” U19 jamoasini qabul qiladi.
“Qo'qon”-1912” U19 – “Andijon” U19 – 0:1 (0:1).
4 iyun. Qo'qon. “Qo'qon BO'SM-2” maydoni. 138 tomoshabin.
Hakamlar: Shoxruh A'zamov, Azizbek Isaqov, Axmad Rustamov
Zaxira hakami: Axror Xusanov
Nazoratchi: Erkin Oripov
Komissar: Doniyor Yoqubjonov
“Qo'qon-1912” U19: Bilol Abdullaev, Muhammadyusuf To'ychiev, Ayub Muxtorov (Abdulboriy Inomov, 81), Abdurashid Valiev (Nurmuhammad Oqilov, 61), SHoxjahon SHaripov, Rahmonxo'ja A'zamov, Omadbek Abdurahimov (Muhammadzohid To'ychiev, 87), Abdulaziz Muhammedov (Xamroz Hoshimov, 46), G'iyosiddin Murodov (Zikriyoxon Xazratov, 46), Oybek Munavvarov (Ilyosxon Karimov, 87), Abdulloh No''monov (Xumoyunmirzo Bektemirov, 46).
“Andijon” U19: Asilbek Tojiddinov, Ravshan Omonboev (Said Dehqonov, 46), SHoxjahon G'ulomjonov, Bekmurod Abduraimjonov (Muhammadali Abdullajonov, 46), Bahrom Qahhorov (Abdug'ani G'ulomov, 86), Muhammadrizo SHaribjonov, Abduqodir Ne'matov, Alijon Aliev, Muhammadali Abdurashidov (Ozodbek Ahmadjonov, 90+1), Dilshodbek Ismatullaev (Diyor Komiljonov, 86), Jamshid Ko'paysinov.
Gol: Alijon Aliev, 39 – 0:1.
Ogohlantirishlar: Abdurashid Valiev, 56. Ayub Muxtorov, 73. Ilyosxon Karimov, 90+3. Bilol Abdullav, 90+3 – Bekmurod Abduraimjonov, 25. Ravshan Omonboev, 26. Muhammadali Abdurashidov, 88.
Chetlatish: Abduqodir Ne'matov, 90+5.