Yangilik
Luka Uskokovich: “Uchrashuvdan oldin gol uraman degandim”
“Andijon”ning Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi oʻtgan uchrashuvida jamoamizning chernogoriyalik legioneri Luka Uskokovich juda muhim uchrashuvda debyut golini urdi va tarixiy gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshdi. Bellashuvdan keyin futbolchi “Andijon” matbuot xizmatiga shunday dedi:
“Xudoga shukr, biz muhim gʻalabani qoʻlga kiritdik va magʻlubiyatsiz seriyani davom ettiryapmiz. Toʻgʻrisi, uchrashuvdan bir kun oldin gol uraman degandim va mana shunday ham boʻldi. Lekin meni golim bu oʻyindagi gʻalabamiz kabi muhim emas. Asosiysi, jamoamizning gʻalabasi.
Rosti, bu tarixdagi birinchi gʻalabamiz ekanligini bilmagandim. Mana shunday muhim uchrashuvdagi muhim muvaffaqiyatli gʻalabaning bir boʻlagi boʻlganimdan juda faxrlanaman”.