SAYT TEST REJIMIDA!!!

Rustam Turdimurodov dastlabki o'yindagi taassurotlar, bo'lajak bahs va nega 7-raqamni tanlagani xususida

Rustam Turdimurodov dastlabki o'yindagi taassurotlar, bo'lajak bahs va nega 7-raqamni tanlagani xususida

“Andijon” “Mavsum-2025”ni safarda “Qo'qon-1912”ga qarshi o'yin boshlaganidan va unda kuchlar teng kelganidan xabaringiz bor. 

“Burgutlar”ning bu yilgi chempionatda dastlabki goli muallifi Rustam Turdimurodov bo'ldi. 

Hujumchi birinchi uchrashuvdan keyin klub matbuot xizmatiga intervyu berdi.

-  Rustamjon, chempionatning dastlabki o'yini borasida nima deya olasiz?

-  O'yin kutganimizdek o'tdi. 1-tur bo'lgani uchun hammada hayajon bo'ldi. Qolaversa, vodiy derbisi. Mavsumni yaxshi boshladik, deb o'ylayman.

-  “Andijon”ning 2025 yildagi ilk goli muallifi bo'ldingiz va tarixdan joy oldingiz. Buni kutganmidingiz?

-  To'g'risi, xayolimda faqat gol urish va g'alaba qozonish edi. “Andijon”ning mavsumdagi ilk goli, tarixda qolish xayolimga ham kelmagan edi. Bor e'tiborim g'alaba va unga hissamni qo'shish edi.

-  Golingizga qanday ta'rif berasiz?

-  Xudoga shukr, mavsumni gol bilan boshladim. Bundan tashqari, jamoaga va o'zimga ishonch ortishi uchun kerakli gol edi.

-  G'alaba uchun nima yetishmadi?

-  Bizda g'alaba uchun deyarli barchasi bor edi. Hujumlarni yakunlashda biroz shoshdik, deb o'ylayman.

-  O'yin durangga mos bo'ldi, deb o'ylaysizmi?

-  Menimcha, jangovar durangga mos.

-  Keyingi turda “Nasaf”ni qabul qilamiz. Andijonda ochilish o'yini. Nima kutyapsiz?

-  Har doimgidek muxlislarimiz stadionni “yondirib” berishini va uyimizda 3 ochko olishimizni kutyapman.

-  Bu yil 7-raqamni tanladingiz. Bu nima bilan bog'liq?

-  Ronaldo 18 yoshida 7-raqamda o'ynagan va mas'uliyatni his qilgan. O'tgan mavsumdan-da ko'proq mas'uliyatliroq bo'lish uchun tanladim.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest