SAYT TEST REJIMIDA!!!

O'zbekiston U21 chempionati. Ilk o'yinda imkoniyat boy berildi

O'zbekiston U21 chempionati. Ilk o'yinda imkoniyat boy berildi

O'zbekiston U21 chempionatida ham dastlabki tur bahslari davom ettirilmoqda. 

Abdurashid Ismoilov murabbiyligidagi “Andijon” U21 jamoamiz Yaypandagi “O'zbekiston” stadionida “Qo'qon-1912” U21 ga qarshi chempionatning ilk o'yinini o'tkazdi.

O'yinni yaxshi boshlagan jamoamiz 19-daqiqada burchak zarbasidan keyin hisobni ochdi. Jarima maydoni atrofida Abubakir Ashurovning to'p uzatishidan keyin Xamidullo Karimov hisobni ochdi va bu uning “Andijon” U21 tarkibida 2025 yildagi ilk goli muallifiga aylandi. 

Lekin ikkinchi bo'limda qo'qonlik futbolchilar vaziyatni o'zgartirdilar va 51 – 76-daqiqalarda ikkita gol urib, g'alabani o'z tomoniga og'dirdilar. 

Albatta, “Andijon” U21 o'yin tizginini qo'lga olishga hamda xavfli vaziyatlar yaratishga harakat qildi. Shunga qaramay, 2:1 hisobi uchrashuv oxiriga qadar o'zgarmay qoldi.  

“Qo'qon-1912” U21 – “Andijon” U21 – 2:1 (0:1).

9 mart. Yaypan. “O'zbekiston” stadioni. 87 tomoshabin.

Hakamlar: Alisher Abduvohidov, Ahror Rahmatov, Muhammadali Nurmamatov. 
Zaxira hakami: Salohiddin Akramov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
Komissar: Doniyor Yoqubjonov

“Qo'qon-1912” U21: Xamzaxon Xo'jaev, Mirziyod Mirodilov, Saidislom Paxlavonov, Asadulla Sobirov, Mirjavlon Abdullaev, Ibrohim Muxtorov (Tohir Yo'ldoshev, 46), Samandar YUsufjonov (Omad Abdurahimov, 63), Xayotjon Mamatov (Aziz Ergashaliev, 46), O'rinboy Muhammadov (Diyor No''monov, 82), Sardor Soliev (Ayubxon Muxtorov, 46), Jasur Mahmudjonov. 

“Andijon” U21: Mohir Komilov, Abubakir Ashurov (Omad Tursunaliev, 81), Abdurahmon Komilov (Xabibullo Xabibullaev, 58), Asad Habibullaev, Nuriddin Bahodirov, Sirojiddin Soliev (Jamshid Ko'paysinov, 46), SHoxjahon Yorqinboev (Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 81), Sardor Azimov (Rahmatillo Izzatillaev, 58), Akobir Axmadjonov (Abbos Abdug'afforov, 29), Miraziz Maxamadaliev (Aziz Usmonov, 46), Xamidullo Karimov.

Gollar: Xamidullo Karimov, 19 – 0:1. Aziz Ergashaliev, 51 – 1:1. Jasur Mahmudjonov, 76 – 2:1.

Ogohlantirishlar: Samandar Yusufjonov, 45. Jasur Mahmudjonov, 82. Diyor No'monov, 90+3 – Nuriddin Bahodirov, 66.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest