Centrum Air – “Andijon” futbol klubining rasmiy hamkori!
Centrum Air va “Andijon” futbol klubi o‘rtasida strategik hamkorlik boshlanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz!
Ushbu hamkorlik bizni mamlakatimizning eng jonkuyar va tarixiy klublaridan biri bilan birlashtiradi. Kuchli xarakter, g‘alabaga intilish va ajoyib muxlislar – bularning barchasi “Andijon” jamoasini ajralib turadigan jihatlardir.
Futbol – bu nafaqat sport, balki ehtiros, kurash va yutuqqa bo‘lgan intilishdir. Aynan shu qadriyatlarni Centrum Air ham qo‘llab-quvvatlaydi, yo‘lovchilarimizga ishonchli va qulay aviaparvozlarni taqdim etadi. Endilikda ushbu jamoa bilan birga yangi marralar sari harakat qilamiz – maydonda ham, maydon tashqarisida ham.
Ushbu hamkorlik orqali ko‘plab yorqin g‘alabalar va unutilmas lahzalar yaratishimizga ishonamiz. “Andijon” muxlislari, sizning g‘ayratingiz va cheksiz qo‘llab-quvvatlashingiz har bir o‘yinni unutilmas qiladi!
Centrum Air bilan Siz – har doim voqealar markazidasiz!