Yangilik
Jamoamiz ishtirokidagi oʻrtoqlik oʻyinining sanasi oʻzgardi
“Andijon” Antaliyada davom ettirayotgan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari doirasida oʻrtoqlik uchrashuvlariga ham katta eʼtibor qaratilayotgani bejiz emas.
13-fevral kuni ikkita oʻyinda maydonga tushgan jamoamizning navbatdagi uchrashuvi Polshaning “Vishista Krakov” klubiga qarshi 17-fevralga belgilangandi. Biroq mazkur oʻrtoqlik bellashuvi sanasi oʻzgardi va unga koʻra, oʻyin 18-fevralga koʻchirilganligini maʼlum qilamiz.
Keyingi oʻyinlarimiz esa reja boʻyicha 20 va 24-fevral kunlari boʻlib oʻtadi.