Raqib jamoa murabbiylari nima deydi?
“Burgutlar”ning 13-fevral sanasida boʻlib ikkita oʻrtoqlik uchrashuvlaridan keyin raqib jamoa bosh murabbiylari “Andijon” matbuot xizmatiga oʻz fikrlarini aytib oʻtdilar.
Bronislav Chervenka (“Zlin” bosh murabbiyi):
“Oʻyindan mamnun boʻldim. Chunki uchrashuv davomida bir qancha yaxshi vaziyatlarga ega boʻldik. Natijada bundan foydalanib gol urishni unutmadik. “Andijon” texnik va taktik tomondan yaxshi. Malakali himoyachilari bor. Ammo bizga xavf tugʻdirishlariga yoʻl qoʻymadik”.
Andrey Finonchenko (“Shaxtyor” bosh murabbiyi):
“Yaxshi oʻyin boʻldi. Taʼtildan keyingi birinchi oʻyinimiz boʻlganligi uchun yigitlar jismonan tayyor emasligini koʻrishimiz mumkin. Jamoangiz tezkor va toʻp bilan ham ancha yaxshi oʻynadi. Faqat 2:0 ga yutqazganimiz biroz yomon boʻldi. Xatolarimizni koʻrdik. Endi shu xatolarimizni toʻgʻrilaymiz. Chempionatda bunday xato qilgandan hozir shu xatoni toʻgʻrilaganimiz yaxshiroq. Asosiysi, birinchi oʻyindan yigitlar jismonan “nagruzka” oldilar. Chempionatda oʻynaganda bunday jismoniy holatlar boʻyicha koʻproq ishlaymiz. Shuning uchun hozircha bu qiyinroq koʻrinyapti. Aytganimdek, “Andijon” toʻp bilan chaqqonroq oʻynayapti. Adashmasam, bu sizlarni 5- yo 6-oʻyiningiz-a, bizni esa birinchi oʻyinimiz. Gʻalaba bilan tabriklayman.
“Andijon” menda yaxshi taassurot qoldirdi. Ajoyib harakatlari bor. Hammasi texnikasi yaxshi yigitlar. Qanday ochilishni bilishadi, gollar bor, yaxshi darvozaboni bor. Shu bois ham 2 ta gol kiritdilar. Jamoaga omad tilayman, shunday davom etinglar”.