SAYT TEST REJIMIDA!!!

Jamoamizning ikkinchi uchrashuvida ikkita gol urildi

Jamoamizning ikkinchi uchrashuvida ikkita gol urildi

“Andijon” 7-fevral sanasiga belgilangan ikkinchi uchrashuvini Norvegiyaning “Raufoss” klubiga qarshi oʻtkazdi. 

Antaliyadagi SB sport majmuasida boʻlib oʻtgan uchrashuv ham qiziqarli va jangovar tarzda kechdi. Tabiiyki, murabbiylar “Voytsberg”ga qarshi oʻyindan farqli oʻlaroq bu safar boshqa tarkibni tushirishdi va bu oldindan oʻylagan reja edi. Faqat kunning birinchi qismida zaxiradan maydonga tushirilgan Usmonali Ismonaliyev ikkinchi bahsni boshlangʻich tarkibda boshladi. 

Uchrashuv ikkita gol urildi va bu tanaffusdan keyin sodir boʻldi. Ikkala gol ham raqib futbolchilari tomonidan amalga oshirildi. Lekin jamoamizda ham golga tortadigan qulay imkoniyatlar boʻldi. Masalan, Islam Mashukov deyarli birga-bir vaziyatda tepgan toʻpi biroz noaniq ketdi. Yana bir holatda esa uning burchakdan uzatilgan toʻpni boshi bilan yoʻllagan zarbasi toʻsinga tegdi. Shuningdek, Farhod Sohibjonov ham gol urish imkoniyatiga ega boʻldi.

Darvozabonimiz Valijon Rahimov ham ikkita gol oʻtkazganiga qaramay, ayrim vaziyatlarda seyvlarini amalga oshirib, mahoratini koʻrsatdi. 

“Voytsberg” va “Raufoss” klublariga qarshi uchrashuvlar jamoamiz uchun ayni muddao boʻldi. Yevropa jamoalariga qarshi toʻp surish har tomonlama foydalidir. 

“Burgutlar”ning navbatdagi oʻyini 13-fevral sanasiga belgilangan boʻlib, shu kuni ham jamoamiz bir kunda ikkiata uchrashuv oʻtkazadi.

“Andijon” – “Raufoss” (Norvegiya) – 0:2 (0:0).
7-fevral. Antaliya. SB sport majmuasi stadioni.

Bosh hakam: Aleksandr Zatula (1-boʻlimda). Mixail Bildinov (2-boʻlimda)

Yordamchi hakamlar: Anton Sisoyev, Ivan Navroskiy.

“Andijon”: Valijon Rahimov, Miomir Jurichkovich, Islom Mamatkazin, Oleg Zoteyev, Usmonali Ismonaliyev, Iskandar Shoyqulov, Damir Temirov, Farhod Sohibjonov, Ilhom Abdugʻaniyev, Bektemir Abdumannonov, Islam Mashukov.

Ikkinchi boʻlimda maydonga tushganlar: Mohir Komilov, Altin Kreziu, Rustam Turdimurodov,

“Raufoss” tarkibi: Kristian Lavl, Viktor Fors, Kristofer Xay, Adrian Xansen, Tomas Nixaym, Ole Amund Sven, Kodjo Somesi, Jan Inge Linom, Rayan Nelson, Erlend Xyusta, Andreas Osterud.

Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar: Peter Yansen, Elias Sorum, Jonas Sorensen, Oskar Sangnes, Sander Nordbo, Tinus Engebakken, Agyeman, Jonas Dalen, Jeyms Ampofo, Torjus Ronningen.

Gollar: Ole Amund Sveyen, 68 – 0:1. Sander Nordbo, 83 – 0:2.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest