Jamoamiz kunning birinchi qismidagi bahsni oʻtkazdi
Bugun jamoamiz ikkita oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan boʻlib, uning dastlabkisi ortda qoldi. Kunning birinchi yarmida Belekdagi “Ekodizayn sport majmuasi”da Avstriyaning “ASK Voytsberg” klubiga qarshi boʻlib oʻtdi.
Murabbiylar shtabi tomonidan ikkala bahs uchun alohida tarkib tanlangan. “ASK Voytsberg”ga qarshi bahsda Sardor Azimov sardorligidagi tarkib maydonga tushirildi. Bahs mobaynida esa biroz kuchli shamol esib turdi.
Oʻyinda uchta gol kiritildi. Dastlab raqib futbolchisi Pasha Mayer hisobni ochgan boʻlsa, oradan koʻp oʻtmasdan Muhammadkarim Toirovning faolligi evaziga raqibdan toʻpni olib qoʻyib, Shaxrom Samiyevni qulay imkoniyatga chiqardi. Oʻz navbatida Samiyev oʻzi uchun yaratilgan bunday vaziyatdan samarali foydalandi.
Shuningdek, Doniyor Abdumannopovda uchrashuv boshida gol urish uchun yaxshi imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo oʻsha vaziyatda futbolchimizdan omad yuz oʻgirdi. Tanaffusdan keyin esa avstriyaliklar yana bir gol urishdi.
Bahsning qolgan daqiqalarida ham jiddiy kurash kechdi. Ayrim holatlarda esa raqib darvozasini ishgʻol qilishda aniqlik yetishmadi. Shunday boʻlsa-da, oʻyin keskin kurashlar ostida kechdi va muhimi, murabbiylar qoʻllanilayotgan oʻyin strategiyasini koʻzdan kechirib oldilar.
Endi yana bir necha soatdan soʻng “Andijon” kun davomizdagi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvini Norvegiyaning “Raufoss” klubiga qarshi oʻtkazadi.
“Andijon” – “ASK Voytsberg” (Avstriya) – 1:2 (1:1).
7-fevral. Antaliya. “Ekodizayn sport majmuasi”.
Bosh hakam: Nurgʻazi Bekboʻlsunov
Yordamchi hakamlar: Zafar Mirzaitov, Danel Abdukadirov
Zaxira hakami: Adilet Yeraliyev
Nazoratchi: Vadim Skopinsev
“Andijon”: Eldor Adxamov, Abubakir Ashurov, Luka Uskokovich, Abdulvohid Gʻulomov, Abdurahmon Komilov, Shoxjahon Yorqinboyev, Mirzad Mexanovich, Muhammadkarim Toirov, Doniyor Abdumannopov, Sardor Azimov, Shaxrom Samiyev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Mohir Komilov, Rustam Turdimurodov, Altin Kreziu, Usmonali Ismonaliyev.
“ASK Voytsberg”: Yuriy Krixmayr, Dominik Kimbayer, Martin Salentinik, Elias Yantrisevits, Nino Pungarsek, Filip Shxeyxer, Yakob Yantsxer, Maksimilian Suppan, Lukas Parger, Pasha Mayer, Mauris Amrich.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Fauland Mixayel, Kristof Shtrommer, Drini Xalili, Filip Zuna.
Gollar: Pasha Mayer, 28 – 0:1. Shaxrom Samiyev, 34 – 1:1. Filip Zuna, 52 – 1:2.