SAYT TEST REJIMIDA!!!

Abdurashid Ismoilov: “Futbolchilarni koʻzlari “yonyapti”

Abdurashid Ismoilov: “Futbolchilarni koʻzlari “yonyapti”

“Andijon” U21 jamoamiz Fargʻonadagi “Hokim Kubogi” musobaqasidagi startini gʻalaba bilan boshladi. “Neftchi” U19ga qarshi uchrashuvda yoshlarimiz 0:1 hisobida gʻalaba qozondilar. “Andijon” U21 jamoamiz murabbiyi Abdurashid Ismoilov klub matbuot xizmatiga dastlabki uchrashuv borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

“Yaxshi oʻyin boʻldi. Turnirdagi birinchi oʻyinimizni boshladik. Futbolchilar bergan koʻrsatmalarimizni bajarishga harakat qilishdi. Asosiy eʼtiborimizni hujumga qaratganmiz. Ayniqsa, sifatli hujumkor futbol oʻynashni tayinlayapman. Butun uchrashuv davomida 7-8 ta yaqqol golli imkoniyatlardan foydalana olmadik. Toʻp darvozaga kirmasa ham qiyin ekan-da! Hujumchilarimizni zarbalari darvoza ustuni va toʻsinlariga tegib qaytdi. 

Jamoamizga koʻplab yangi yoshlarni jalb qilganman. Ularni jismoniy tayyorgarligi va fikrlash qobiliyatlariga ham eʼtibor qaratyapman. Yigitlar koʻrsatmalarimni bajarishga harakat qilishyapti. Murabbiy sifatida aytishim mumkinki, futbolchilarni koʻzlari “yonyapti”. Turnirdagi oʻyinlar ham bizga mavsum uchun tayyorgarlik vazifasini oʻtayapti. Chempionatgacha kamida 9-10 ta oʻyinda ishtirok etishimizni moʻljallaganmiz. “Hokim Kubogi”da finalgacha borishni va gʻolib chiqishni rejalashtirganmiz".

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest