Rasman: Altin Kreziu bilan shartnoma imzolandi
“Andijon” jamoamiz yangi mavsum uchun tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Bizning safimizga sloveniyalik 23 yoshli iqtidor egasi Altin Kreziu qoʻshildi va u bilan shartnoma imzolandi.
Yarim himoyachi yangi mavsumda “Andijon” sharafini himoya qiladi. Altin jamoamizning Antaliyadagi yigʻiniga qoʻshildi.
Maʼlumot uchun, Altin Kreziu 2002-yilning 3-yanvar kuni tavallud topgan.
Futbolchi shu paytga qadar “Triglav” (Sloveniya)”, “Spal” (Italiya), “Torino” (Italiya), “Virton” (Belgiya), “Tabor” (Sloveniya), “Maribor” (Sloveniya) va “Lachi” (Albaniya) jamoalarida faoliyat olib borgan.
Altinning oxirgi klubi “Lachi” boʻlib, u yerda 50 ta uchrashuvda 1 ta gol urgan. Hozirgacha esa faoliyati mobaynida 118 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Altin, “Andijon” jamoamizning ahil oilasiga xush kelibsan!