SAYT TEST REJIMIDA!!!

“Andijon” U21 jamoamiz “Hokim Kubogi”ni gʻalaba bilan boshladi

“Andijon” U21 jamoamiz “Hokim Kubogi”ni gʻalaba bilan boshladi

Xabaringiz bor, Fargʻonada “Hokim Kubogi” musobaqasi boshlandi. 

“D” guruhidan oʻrin olgan “Andijon” U21 jamoamiz bugun Toshloqdagi “Amir Temur” nomli stadionda “Neftchi” U19 jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Ustunlikka erishgan Abdurashid Ismoilov jamoasining gʻalabasiga yagona gol kifoya qildi. Uchrashuvning 75-daqiqasida Fazliddin Ubaydullayev tomonidan kiritilgan gol “Andijon” U21 ga gʻalaba keltirdi.

2-turda yoshlar jamoamiz 8-fevral kuni “Namangan FA”ga qarshi maydonga tushadi.

“Andijon” U19 jamoamiz esa ertaga “Neftchi” U21 bilan bellashadi.

“Neftchi” U19 – “Andijon” U21 – 0:1 (0:0).
6-fevral. Toshloq. “Amir Temur” stadioni. 86 tomoshabin.
Hakamlar:
Doston Mirzaraimov, Asil Alijonov, Axmad Rustamov.

Nazoratchi: Anvar Oʻrunov

Komissar: Doniyor Yoqubojonov

“Neftchi” U19: Siroj Xayitboyev, Xasan Umrzoqov, Xusan Umrzoqov (Javohir Ismoilov, 46), Xasan Oʻrolov, Tohir Nabiyev, Muhammadjon Toirjonov, Sanjar Maqsudbekov, Javohir Mahmudov (Oyatillo Ergashev, 46), Asil Toʻxtasinov, Asad Muhammedjanov (Alixon Abdulxayev, 80), Abdulloh Odiljonov. 

“Andijon” U21: Asilbek Tojiddinov, Sirojiddin Solijonov, Asadbek Xabibullayev, Muhammadrizo Rahimov, Bekzod Sulaymonov, Xojimurod Asqarov, Fazliddin Ubaydullayev, Jamshid Koʻpaysinov (Xabibulla Xabibullayev, 70), Neʼmatilla Akbarov (Omad Tursunaliyev, 46), Xamidullo Karimov (Diyor Madaminov, 46), Aziz Usmonov.

Gol: Fazliddin Ubaydullayev, 75 – 0:1.

Ogohlantirishlar: Tohir Nabiyev, 44 - Asadbek Xabibullayev, 52. Diyor Madaminov, 58. Xabibulla Xabibullayev, 83. Omad Tursunaliyev, 88.

 

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest