Yangilik
Ilhom Alijonov jamoamizni tark etdi
Qishki seleksiya jarayonida jamoamizni himoyachi Ilhom Alijonov tark etdi. Klub va futbolchi oʻzaro doʻstona ravishda xayrlashishganligini maʼlum qilamiz.
Alijonov “Andijon” safiga 2022-yilda qoʻshilgan boʻlib, “Burgutlar”da uch mavsumni oʻtkazdi. Shu vaqt davomida Ilhom 59 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani bajardi.
Alijonovga jamoamizga qoʻshgan hissasi uchun minnatdorchilik bildiramiz hamda uning keyingi faoliyatiga omad tilaymiz.