Yangilik
“Andijon” U21 va U19 jamoalarimiz Fargʻonada “Hokim Kubogi” musobaqasida ishtirok etadilar
Har yili fevral oyida anaʼanaviy tarzda Fargʻonada “Hokim Kubogi” musobaqasi oʻtkazib kelinadi. Bu safar ham turnir bugundan start oladi.
“Hokim Kubogi”da bu safar bizning ikkita jamoamiz ishtirok etadi. Jumladan, yangi mavsum uchun tayyorgarlik olib borayotgan “Andijon” U21 hamda “Andijon” U19 jamoalarimiz ham ishtirok etadilar.
Qurʼaga koʻra, Abdurashid Ismoilov boshchiligidagi U21 jamoamiz “D” guruhida “Qoʻqon-1912” U21, Namangan FA va “Neftchi” U19ga qarshi bahs olib boradi.
Orif Mamatkazin boshchiligidagi “Andijon” U19 jamoamiz esa “A” guruhida “Neftchi” U21, “Navbahor Farm” hamda “Beshariq” jamoalariga qarshi maydonga tushadi.