SAYT TEST REJIMIDA!!!

Damir Temirov: “Muxlislarimizga iltimosim bor: “Bobur arena”dagi muhitni har doimgidek “yondiringlar”, oʻyin ham “yonadi”!

Damir Temirov: “Muxlislarimizga iltimosim bor: “Bobur arena”dagi muhitni har doimgidek “yondiringlar”, oʻyin ham “yonadi”!

Ikkinchi davraning dastlabki ikkita turida jamoamizning iqtidorli yarim himoyachilaridan biri Damir Temirov 3 ta gol urishga erishdi. 

Oʻtgan turda “Qoʻqon-1912” darvozasiga ikkita gol uragn boʻlsa, bu safar mehmonda “Nasaf” darvozasini ham ishgʻol qildi. 

“Burgutlar”ning oʻyini kuchayib borayotgani sari Temirov ham oʻyinini kuchaytirgan holda muxlislarni xursand qilmoqda. 

“Nasaf”ga qarshi bahsdan keyin futbolchi bir qator savollarga javob qaytardi. 

- Damir "Andijon" safarda "Nasaf"ga qarshi oʻyinda durang natija qayd etdi. Mazkur uchrashuv qanday taassurot qoldirdi?

- Avvalambor, muxlislarimizga katta rahmat aytaman. Shuncha yoʻl bosib kelib, bizni butun uchrashuv davomida qoʻllab-quvvatlashdi. Juda zoʻr oʻyin boʻldi. Gʻalaba qozonib ketishimiz ham yoki yutqazib qoʻyishimiz ham mumkin edi. 

- Umuman, natijadan qoniqish hosil qildingizmi?

- 50x50 qoniqdim. Menimcha, amaldagi chempionga qarshi safardagi durang yomon natija emas.

- Keyingi turda vodiy derbisi Andijonda boʻladi. Boʻlajak oʻyin oldidan nima deya olasiz?

- Muxlislarimizga iltimosim bor: “Bobur arena”ga kelib stadiondagi muhitni har doimgidek “yondiringlar”, oʻyin ham “yonadi”!

- Ikkinchi davrani jamoa yaxshi boshladi. Eʼtiborlisi, siz ikkita oʻyinda 3 ta gol urdingiz. Buni kutganmidingiz?

- Har doim niyatni katta qilib, Yaratganga tavakkal qilaman.

- Ikkinchi davrada jamoa ancha oʻzgargani bilinib turibdi. Sizda ham yangicha ishtiyoq paydo boʻlgan, shunday emasmi?

- Xudoga shukr, hammasi yaxshi ketmoqda. Xudo xohlasa, shu ruhda davom ettiramiz va maqsadlarimizga erishamiz.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest