SAYT TEST REJIMIDA!!!

Rasman! Luka Uskokovich jamoamizni tark etdi

Rasman! Luka Uskokovich jamoamizni tark etdi

“Andijon” jamoamizning legionerlaridan biri chernogoriyalik himoyachi Luka Uskokovich bilan oʻzaro kelishuvga koʻra shartnoma bekor qilinganligi munosabati bilan “Burgutlar” safini tark etganini maʼlum qilamiz.

Futbolchi jamoamiz safiga mavsum boshida qoʻshilgan boʻlib, birinchi davra davomida Superliga va Oʻzbekiston Kubogida hammasi boʻlib, 6 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi.

Jamoamizdagi faoliyati uchun unga minnatdorchilik bildiramiz.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest