Yangilik
Rasman! Valijon Rahimov jamoamiz bilan xayrlashdi
Yozgi seleksiya ishlarini davom ettirayotgan jamoamiz ayrim oʻyinchilar bilan xayrlashmoqda.
Bungacha Iskandar Shoyqulov bilan shartnoma bekor qilinganligi xususida xabar bergandik, bu safar darvozabon Valijon Rahimov “Andijon” bilan xayrlashganini maʼlum qilamiz.
Ikki tomonning oʻzaro kelishuviga koʻra shartnoma bekor qilindi.
Rahimov mavsum boshida tarkibimizga qoʻshilgandi va oʻtgan vaqt mobaynida Superligada oltita, Oʻzbekiston Kubogida ikkita va bir bor Superkubok oʻyinida maydonga tushdi.
Valijonga keyingi faoliyatida omad tilaymiz.