Yangilik
“Andijon” jamoamizning Tojikistondagi yigʻini boshlandi
12-iyuldan oʻz qarorgohida toʻplanib ikki kun shugʻullangan “Andijon” bugundan asosiy bosqich mashgʻulotlariga kirishdi.
Mavsumning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida jamoamiz oldindan rejalashtirilganidek, doimiy yigʻin oʻtkazib kelayotgan maskan - Tojikistonning Guliston shahrida joylashgan “Milliy bank”ga qarashli sogʻlomlashtirish sport komleksida bugundan yozgi yigʻinini boshladi.
Maksim Shatskix boshchiligidagi “Burgutlar” bu yerda 26-iyulga qadar oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib boradi.
Mazkur tayyorgarlik davomida Tojikistonning ikkita klubiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazilishi ham koʻzda tutilgan.