Sergey Lushchan: “Menimcha, hisob adolatli boʻldi”
“Navbahor” – “Andijon” (2:2) bellashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar bosh murabbiyi Sergey Lushchan qatnashdi.
- Bugungi oʻyinni shunday oʻtishini kutgandik. Menimcha, hisob adolatli boʻldi. Uchrashuv oxirlarida qizil kartochka oldik va gol oʻtkazib yubordik. Bu futbol. Nima ham deymiz, futbolda shunaqa vaziyatlar ham uchrab turadi.
- Muxlislarni performansi va umuman bugungi muxlislik borasida nima deya olasiz?
- Toʻgʻri, muxlislar bizni qoʻllab-quvvatlashadi. Lekin negativ tomonlari ham boʻladi. Baʼzida oʻz jamoasiga qarshi muxlislik ham qilishadi. Ammo ishqibozlarning olqishlashi ostida toʻp surish ajoyib. Lekin baʼzi futbolchilarga bu oʻzining salbiy taʼsirini oʻtkazadi. Bugun yigitlarga oʻzlariga kelib olishlari uchun 20 daqiqa kerak boʻldi. Baribir ularning qoʻllashi bizga zavq bagʻishlaydi.
- Derbidagi oʻyin uchun rahmat. Bunday oʻyinlarni sogʻingan edik. Har yili bosim ostida oʻynardik. Sizni xayron qoldirdimi-yoʻqmi, “Andijon”ning iikala goli himoyachilar xatosi bilan kiritildi. Nima, bu ruhiy jihatdan oʻziga ishonmaslik oqibatimi? Oddiy vaziyatda ikkita gol oʻtkazib yubordik?
- Biz oʻz xatolarimiz tufayli gollar oʻtkazib yubordik. Boshqa tomondan raqib oxirgi daqiqalarda ochiq oʻyiga oʻtdi. Darvozabon agar ertaroq chiqqanida burchak toʻpi boʻlmasligi kerak edi. Oʻtgan yilgi finaldagi holat takrorlandi. Bizda bunday xatolar doim takrorlanmayapti. Oʻtgan oʻyinda 3:2 hisobida yutdik. Bunday xatolar boʻlmagan edi. Bu futbol, busiz iloji yoʻq. Ularda ikkita xato boʻldi, biz gol urdik. Natija adolatli boʻldi. Raqib tajribali edi, biz toʻpni pasdan nazorat qilmoqchi boʻldik.
- Oʻyinni yaxshi boshlab, yomon tugatdik...
- Nimaga yomon tugatdik? Men bunday oʻylamayman. Agar yutqazgan boʻlganimizda ham yigitlarga rahmat aytgan boʻlardim. Hozirgi holatimizni yaxshi bilamiz. Raqib oxirgi daqiqalarda taklif etgan oʻyini, jamoa boʻlib hujumga oʻtishi, bunga qarshi oʻynash qiyin. Buni iloji yoʻq, mashgʻulotlarda bunga qarshi shugʻullanmaymiz. Koʻplab oʻyinchilarimiz boshqa saviyada bizga kelib qoʻshilishgan. Ularni shakllantirib borish kerak. Jamoa bor, har bir oʻyinda qoʻshib boramiz.
- Zaxiradan maydonga tushganlar oʻzini oqladimi?
- 100 foiz men oʻyindagi vaziyatga qarab oʻzgarish qilaman. Toirovni tushirdim, u yuqoridan yaxshi oʻynay oladi. Xato standart vaziyatda yuzaga keldi. Olis burchakka yoʻnaltirildi, pala-partish kiritildi. Biz hech nima qila olmasdik. Hamma almashtirishlar toʻgʻri amalga oshirildi. Bizda oldindan oʻylangan oʻyinchi almashtirish yoʻq. Agar oʻyinda hammasi yaxshi ketsa, umuman oʻzgarish qilmas edim.
- Azim Ahmedovni avvaliga himoyada oʻynatdingiz. Uni markazga koʻchirishga nima sabab boʻldi?
- Sababi biz maydon markazida oʻyinni boy berayotgan edik. 3 xil sxemada raqibdan kelib chiqib oʻynaymiz. Oʻtgan yili ham shunday edi. Kimdir bitta sxemada oʻynaydi, biz 3 xil sxemada oʻynaymiz. Koʻrdikki, oʻrtada imkoniyatni boy berayotgandik. Shu bois Ahmedovni oldinroqqa oʻtkazdik. Azim ham, jamodaoshlari ham buni yaxshi bilishadi. Shundan keyin gol kiritdik.