Ayollar jamoamiz chempionatni yirik hisobdagi gʻalaba bilan boshladi
Futbol boʻyicha ayollar birinchi ligasiga start berildi. “Andijanka” jamoamiz ilk turni Muborakda “Mashʼal-W” jamoasiga qarshi oʻtkazdi.
Aytish kerakki, Bahodir Abdullayev boshchiligidagi ayollar jamoamiz yangi mavsumga puxta tayyorgarlik koʻrishdi va tarkibga bir qator yangi oʻyinchilar ham qoʻshib olindi.
Shunga yarasha ilk turdayoq “Andijanka” oʻzining ishonchli oʻyinini namoyish qildi va Muborakda maydon egalari darvozasiga javobsiz 4 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.
Jamoamiz sardori va yetakchisi Oygul Yakubova yangi mavsumdagi dastlabki gol muallifiga aylandi. Qolaversa, Umidaxon Yigitaliyev dastlabki dubl sohibiga aylandi. Dilnoza Zokirova ham ilk bellashuvda oʻz hisobiga gol yozdirib qoʻyishga muyassar boʻldi.
“Andijanka” 2-turni 10-aprel kuni safarda “Xorazm-W”ga qarshi oʻtkazadi. Ushbu uchrashuvda ham jamoamizga muvaffaqiyat tilaymiz.
“Mashʼal-W” – “Andijanka” – 0:4 (0:1).
26-mart. Muborak. B.Vafoyev nomli stadion. 55 tomoshabin.
Hakamlar: Xusnora Jumayeva, Zilola Rahmatova, Nurbek Aʼzamov.
Zaxira hakami: Jabbor Panjiyev
Nazoratchi: Oʻktam Qurbannazarov
Komissar: Elbek Joʻrayev
“Mashʼal-W”: Shaxrizoda Najmiddinova, Jasmina Mingaliyeva, Gulzoda Bahromova, Kumush Mursalova, Sabina Tursunova, Sevara Xojiabdullayeva, Madinabonu Qorjobova, Jozefina Vahobjonova (Mohira Behbudova, 67), Nozima Ismatova (Ruxshona Abdullayeva, 71), Durdona Yoʻldosheva, Nafize Vahobjonova.
“Andijanka”: Xurmatoy Rahmatullayeva, Komila Xudoyberdiyeva (Aksungul Orazimbetova, 82), Umidaxon Abdumutalova (Gulshoda Sobirova, 46), Gulnoza Xamidova (Oʻgʻiloy Jumaboyeva, 46), Umidaxon Yigitaliyeva, Dilnoza Zokirova (Farangiz Ubaydullayeva, 71), Oygul Yakubova, Zuxra Obidova (Gulsevarbonu Azimova, 71), Robiyaxon Mirzayeva, Omadxon Sultonova, Zilola Sayfiddinova.
Gollar: Oygul Yakubova, 37 – 0:1. Dilnoza Zokirova, 58 – 0:2. Umidaxon Yigitaliyeva, 65 – 0:3. Umidaxon Yigitaliyeva, 85 – 0:4.
Ogohlantirishlar: Sevara Xojiabdullayeva, 37. Sabina Tursunova, 75.