SAYT TEST REJIMIDA!!!

Prevyu. “Navbahor” – “Andijon”

Prevyu. “Navbahor” – “Andijon”

28-mart oqshomida barchamizning eʼtiborimiz Namanganda oʻtadigan vodiy derbisiga qaratilishi shubhasiz. Turning markaziy uchrashuviga har doimgidek ortiqcha afishaning ham hojati yoʻq. 

Barchaga maʼlumki, har qanday vaziyatda ham “Navbahor” va “Andijon” jamoalari oʻrtasidagi bellashuv anshlag holatda, jiddiy qarama-qarshilik ruhi ostida oʻtadi. 

Oʻtgan yilgi “dahshatli” oʻyinlar barchaning yodida ekanligi tabiiy. Oʻzbekiston Kubogining unutilmas finali bunga yorqin misol boʻla oladi. 

2024-yilgi mavsumda “Andijon” Kubokdagi betakror gʻalabadan tashqari Superliga doirasida ham muxlislarini xursand qila olgan. “Bobur arena”dagi bellashuvda “Navbahor” 3:0 hisobida taslim etilgan boʻlsa, Namangandagi bahsda jangovar durang kuzatilgan – 3:3.

Hisob boʻyicha “Navbahor” va “Andijon” klublari milliy chempionatimizda 56 bor kuch sinashishgan. Namanganliklarda 27, jamoamizda esa 13 gʻalaba bor. Yana 16 ta oʻyinda kuchlar teng kelgan. Toʻplar nisbati 80-57 “Navbahor” foydasiga.

“Andijon” Namangandan 2021-yilgi mavsumda 0:1 hisobidagi gʻalaba bilan qaytgan va hozircha bu “Burgutlar”ning “Navbahor” maydonidagi yagona muvaffaqiyati boʻlib turibdi. Biz umid qilamizki, navbatdagi toʻqnashuvda ham “Andijon” gʻalaba bilan oʻz muxlislarini xursand qiladi.

Eslatib oʻtamiz, “Navbahor” – “Andijon” bellashuvi 28-mart kuni, Namangandagi “Markaziy” stadionda soat 19:30 da boshlanadi.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest