SAYT TEST REJIMIDA!!!

Artyom Petrosyan: “Yigitlar oʻyindan-oʻyinga qoʻshib borishmoqda”

Artyom Petrosyan: “Yigitlar oʻyindan-oʻyinga qoʻshib borishmoqda”

“Andijon”ning “Boras Banya-Luka” (Polsha)ga qarshi uchrashuvidan keyin jamoamiz murabbiyi Artyom Petrosyan bellashuv borasidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.

- Artyom Aramaisovich, oʻyin haqida nima deya olasiz?

-  Juda mos raqib bilan oʻynadik. Raqib jamoa Konferensiya Ligasida oʻynab guruhdan chiqqan va oʻz chempionatida ikkinchi oʻrinda bormoqda. Qoʻshimchasiga biz tayyorgarlikning turli bosqichidamiz. Hozirda yuklamalarning yuqori bosqichidamiz. Raqibimiz esa yigʻinini tugallash bosqichida edi. Sababi Konferensiya Ligasi pley-off bosqichida oʻynaydi. Shu nuqtai nazarda olib qaraganda, yomon oʻynamadik. Yetarlicha vaziyatlar yarata oldik. Afsuski, gol kirita olmadik. Oʻtgan oʻyinga nisbatan olsak, tarkibda rotatsiyalar qilib boryapmiz. Doim bir xil tarkib bilan oʻynamayapmiz. Optimal tarkibni tuzishga harakat qilyapmiz. Bunday davrda oʻyinlar bir maromda oʻtmaydi. Albatta, yigitlarda individual harakatlar borligi xursand qilmoqda. Oʻyindan-oʻyinga qoʻshib borishmoqda. Shunday ishlashda davom etamiz.

- Jamoaga yangi qoʻshilgan futbolchilarning moslashuv jarayoni borasida fikringiz qanday?

-  Hammaga ham qandaydir vaqt kerak boʻladi. Har qanday chet davlatdan oʻzga chempionatga kelgan futbolchida moslashuv uchun agar jamoaga eski jamoadoshi yoki yaqin doʻsti boʻlsa, bularni moslashishi oson boʻladi. Oʻyindan-oʻyinga moslashib, bir-birini tushunib borishmoqda. Ular qanday raqiblar yonida turganini his qilib kelishmoqda. Umumiy olganda, hammasidan qoniqyapmiz.

- Birinchi va ikkinchi boʻlimdagi oʻyin yuzasidan qarashlaringiz qanday?

-  Bizda birinchi yoki ikkinchi tarkib degan narsa yoʻq. Bu yigʻindagi uchinchi oʻyinimiz boʻlsa, hammasi teng yuklamada ishlashmoqda. Bugun 30 daqiqa harakat qilganlar “Vorskla” bilan uchrashuvda 60 daqiqa harakat qilishgan. Barchaga bir maromda yuklama berib boryapmiz. Oʻyin jarayonini tushunib borishlari yaxshilanyapti. Ikkala tarkib ham bir xil harakatlanishdi. Har ikki taymda ham bir qator vaziyatlar yarata olishdi. Har ikkisida ham bir xil  balansda oʻynashmoqda.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest