SAYT TEST REJIMIDA!!!

Jamoamizning uchinchi nazorat uchrashuvi ham ortda qoldi

Jamoamizning uchinchi nazorat uchrashuvi ham ortda qoldi

“Burgutlar” Antaliya yigʻini doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvini oldindan rejalashtirilganidek Bosniya va Gersegovinaning “Boras Banya-Luka” jamoasiga qarshi oʻtkazdi. 

“Mirakl” stadionidagi mazkur uchrashuv kutilganidek keskin va murosasiz tarzda kechdi. Bu safargi raqib ancha jiddiy boʻlib, oʻtgan yili Bosniyada mamlakat chempionligini qoʻlga kiritgan va hozirda mavsumning birinchi qismidan keyin 2-oʻrinda bormoqda. Qolaversa, klub Yevropa Konferensiya ligasida ishtirokini davom ettirmoqda.

“Andijon” kuchli raqibga munosib qarshilik koʻrsatdi. Uchrashuvda Xomyakov jamoasi tezkor gol urishi ham mumkin edi. Maydon markazidan uzatilgan ajoyib pasdan keyin hujumchi Islam Mashukov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqdi. Biroq Islamning zarbasi yoʻliga raqib posboni toʻgʻanoq boʻlgan holda jamoasini goldan saqlab qoldi.

Boʻlim oxirlarida esa “Andijon” darvozaboni Eldor Adhamov ham oʻz seyvini namoyish qilgan holda raqibning xavfli zarbasini bartaraf qildi. Ikkinchi boʻlimning 60-daqiqasida jamoamizda toʻliq tarkib almashtirildi. Uchrashuvdagi yagona gol esa 73-daqiqada bosniyaliklar tomonidan kiritildi. 

Yana bir vaziyatda esa Luka Uskokovich darvozamizga kirib ketayotgan toʻpni qaytarib yubordi. Uchrashuv oxirlarida “Andijon”ning bosniyalik legioneri Mirzad Mexanovichda hisobni tenglashtirish uchun juda qulay imkoniyat yuzaga kelgandi. Ammo uning jarima maydoni ichida yoʻllagan zarbasi darvoza ustuniga tegib qaytdi. 

Ushbu bellashuv “Andijon” uchun juda  foydali boʻldi. Boisi, oʻyin ritmida boʻlib turgan raqibga jiddiy qarshilik koʻrsata oldi. 

“Burgutlar”ning navbatdagi oʻyini 7-fevralga belgilangan va shu kuni ikkita raqibga qarshi maydonga tushadi.

“Andijon” – Boras Banya-Luka” – 0:1 (0:0).
2-fevral. Antaliya. “Mirakl” stadioni.
Hakamlar:
Turul Chelik, Axmed Aydinsoy, Ibrahim Oʻzdemir.

“Andijon”: Eldor Adhamov, Islom Mamatkazin, Miomir Jurichkovich, Usmonali Ismonaliyev, Oleg Zoteyev, Abdulvohid Gʻulomov, Muhammadkarim Toirov, Ilhom Abdugʻaniyev, Farhod Sohibjonov, Bektemir Abdumannonov, Islam Mashukov. 

Ikkinchi boʻlimda maydonga tushganlar: Mohir Komilov, Luka Uskokovich, Abubakir Ashurov, Abdurahmon Komilov, Sardor Azimov, Doniyor Abdumannopov, Damir Temirov, Iskandar Shoyqulov, Mirzad Mexanovich, Shoxjahon Yorqinboyev, Shaxrom Samiyev. 

“Boras Banya-Luka”: Filip Manoylovich, Savo Shushich, Bart Meyjers, Luka Zorich, Sebastyan Xerera, Zoran Kvershich, Srjan Graxovas, David Vukovich, Stefan Savich, David Chavich, Jorje Despotovich. 

Gol: Bart Meyjers, 73 – 0:1.

Ogohlantirishlar: Shoxjahon Yorqinboyev – Srjan Graxovas, Bart Meyjers.

 

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest