Yangilik
Mladen Jijovich: “Andijon” yaxshi taassurot qoldirdi”
“Andijon” – “Boras Banya-Luka” (0:1) uchrashuvidan keyin bosniyaliklar bosh murabbiyi Mladen Jijovich “Andijon” matbuot xizmatiga oʻz fikrlarini aytib oʻtdi:
“Biz uchun muhim kun edi. Biz barcha futbolchilarimizni 90 daqiqa mobaynida oʻynatdik va bir hafta tayyorlangandik. Umid qilamizki, Yevropa Konferensiya ligasida ham shunday oʻynashda davom etamiz.
“Andijon” klubiga kelsak, men uchun bu kuchli raqib. Fikrimcha, ajoyib jamoa va qanday oʻynashni biladi. Yaxshi taassurot qoldirdi. Ularda ham gol urish uchun yaxshi imkoniyatlari boʻldi. Kelajakda “Andijon”ni yanada yaxshiroq holatda boʻlishini xohlayman”.