“Andijon” bosh direktori: "Qurʼa odatdagidek oʼtdi"
Maʼlumki, 2025-yilgi chempionat uchun qurʼa tashlandi va unga koʻra “Andijon” jamoamiz yangi mavsumni safarda “Qoʻqon-1912”ga qarshi bellashuv bilan boshlaydigan boʻldi. Keyin esa “Nasaf”ni qabul qilamiz.
Mazkur qurʼa xususida “Andijon” klubi bosh direktori Elbek Samatov klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirdi:
“Qurʼa odatdagidek oʻtdi. Hech qanday ajablanarli narsa boʻlgani yoʻq. Oʻtgan yili ham aytganman, dastlabki 4-5 ta turda favoritlar boʻlmaydi. Hammada imkoniyat teng boʻladi.
Mening fikrimcha, mavsum boshida har qanday jamoa bir xil saviyada boʼladi. Boshida “Nasaf”, “Paxtakor” kabi kuchli klublarga qarshi oʻynash bir tomondan qulay. Masalan, ikki yil oldin ham chempionatni Qarshida “Nasaf” bilan oʻyindan boshlaganmiz va gʻalaba qozonganmiz. Oʻtgan yili esa safarda OKMKga qarshi oʻynab, durang natija qayd etganmiz. Qurʼa oʻzimiz kutgan darajada oʻtdi”.