SAYT TEST REJIMIDA!!!

“Andijon” klubi delegatsiyasi Malayziyaga jo'nab ketdi

“Andijon” klubi delegatsiyasi Malayziyaga jo'nab ketdi

Ma'lumki, 15 avgust kuni OCHL Elit va OCHL 2 musobaqalarining yangi mavsumi uchun qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tadi. 

OCHL 2 da ilk bor ishtirok etadigan “Andijon” klubi ham 15 avgust sanasida o'z raqiblarini bilib oladi. 

Malayziya poytaxti Kuala-Lumpurda o'tkaziladigan OCHL seminari va qur'a tashlash marosida ishtirok etish maqsadida “Andijon” klubi delegasiyasi ham safarga yo'l oldi.
Klub bosh direktori Elbek Samatov, klub menejeri Ikromjon Muhitdinov hamda klub matbuot kotibi Shuhratbek Jo'raev OFK tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish uchun Kuala-Lumpurga jo'nab ketdilar. 

Eslatib o'tamiz, qur'a tashlash marosimi Kuala-Lumpurdagi “Intekontinental” mehmonxonasida bo'lib o'tadi. Avvaliga mahalliy vaqt bilan 10:30 (Toshkent vaqti bilan 07:30) da ishtirokchi klublar uchun seminar bo'lib o'tadi. Mahalliy vaqt bilan 15:00 (Toshkent vaqti bilan 12:00) da esa qur'a tashlash marosimi boshlanadi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest