SAYT TEST REJIMIDA!!!

“Andijon” jamoamizning Tojikistondagi yigʻini yakuniga yetdi

“Andijon” jamoamizning Tojikistondagi yigʻini yakuniga yetdi

“Burgutlar” ikkinchi davraga tayyorgarlikni 12-iyuldan boshlashdi va 14-sanadan yozgi yigʻin Tojikistonda davom ettirildi. 26-iyul kuni jamoamizning mazkur yigʻini oʻz nihoyasiga yetdi.

U yerda “Andijon” nazorat uchrashuvlarini ham oʻtkazdi. Avvaliga mahalliy klublar – “Esxata” (4:2) va “Istaravshan” (3:2) magʻlubiyatga uchratildi. Jamoamiz Tojikiston yigʼinini yakunlab, Olmaliqda OKMKga qarshi yopiq tarzdagi nazorat oʻyinini oʻtkazdi. Oʼyin 35 daqiqadan 4 taym davomida boʼlib oʼtdi. Umumiy hisob 5:1. Jamoamizdan Damir Temirov gol muallifiga aylandi.

Endilikda futbolchilarimiz biroz tanaffusga chiqadilar va 29-iyuldan oʻz qarorgohimizda toʻplanadilar.

“Andijon” ikkinchi davrani 3-avgust kuni “Bobur arena”da “Qoʻqon-1912”ga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi. Ushbu oʻyin soat 19:00 da boshlanadi.

Jamoamiz bor eʼtiborini 3-avgust kuni boʻladigan oʻyinga qaratadi va tayyorgarlikni 29-iyuldan davom ettiradi.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest