Rasman: Nikolay Tishenko “Andijon”da ish boshladi
Tojikistonda yozgi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini faollik bilan oʻtkazayotgan jamoamiz parallel ravishda yozgi seleksiya ishlarini ham olib boryapti. Bunday oʻzgarishlar asosiy tarkib bilan bir qatorda murabbiylar shtabida ham yuz beryapti.
Jamoamizning murabbiylar shtabiga ukrainalik Nikolay Tishenko qoʻshildi. U analitik mutaxassis sifatida faoliyat olib boradi.
1987-yilning 12-dekabr sanasida tavallud topgan Nikolay Vitalyevich 2023 va 2024-yilgi mavsumlarda Muborakning “Mashʼal” jamoasida ham ishlagan.
Umuman olganda, Tishenko bunga qadar “Agrodim” (Ukraina), “Ednist” (Ukriana), “Riga” (Latviya), “Mashʼal” va “Muras Yunayted” (Qirgʻiziston) klublarida faoliyat olib borgan.
Tishenko jamoamizning Tojikistondagi yigʻiniga qoʻshildi va endilikda “Andijon”da analitik mutaxassis vazifasida ish olib boradi.