SAYT TEST REJIMIDA!!!

Maksim Shatskix: “Bizda gol urish uchun imkoniyatlar ko'proq edi”

Maksim Shatskix: “Bizda gol urish uchun imkoniyatlar ko'proq edi”

“Buxoro” – “Andijon” (1:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Maksim Shatskix qatnashdi. 

- Birinchi taymda ko'ngildagidek o'yin ko'rsata olmadik. Ikkinchi taymda boshqacha kayfiyatda maydonga tushdik va tanaffusdan keyingi o'yindan nisbatan qoniqdim. O'yinda bir qancha jihatlarini yaxshilaydigan jihatlarimiz bor. Agar ayrim kamchiliklarga yo'l qo'ymaganimizda g'alaba biz tomonda bo'lardi. Jamoamizda o'yin taqdirini hal qiladigan uchta yaxshi imkoniyat bo'lgandi. Afsuski, foydalana olmadik.

- Jamoangiz futbolchilari jismoniy tomondan to'liq tayor emasdek ko'rindi...

- Men “Buxoro”ga nisbatan jismoniy jihatdan yaxshi emasligimizni ko'rmadim. Siz aytgandek emas. Yigitlar yaxshi holatda va xavfli vaziyatlarni yaratdik. Bizda gol urish uchun imkoniyatlar ko'proq bo'ldi. “Buxoro”da esa bunday vaziyatlar yuz berganini eslay olmayapman. 

- O'tkazib yuborilgan golda darvozabon xatoga yo'l qo'ydi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Nima deyish mumkin? Hamma xato qiladi. Bu yerda qo'rqinchli holat yo'q.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest