Yangilik
Prevyu. “Buxoro” – “Andijon”
Superliganing 12-turida “Buxoro” hamda “Andijon” jamoalari Samarqanddagi “Dinamo” stadionid kuch sinashishadi.
Ushbu jamoalarning O'zbekiston chempionatidagi uchrashuvlar tarixi olis 1992 yilga borib qadaladi. Shu kungacha jamoalar 50 marotaba maydonda to'qnash kelishdi. “Buxoro”da 21, “Andijon”da esa 16 g'alaba bor. YAna 13 o'yinda durang kuzatilgan. To'plar nisbati 80\66 buxoroliklar foydasiga.
Bu klublar so'nggi bor 2023 yilgi mavsumda to'qnash kelishgan. Andijonda 2:1, Buxoroda 0:1 hisoblari qayd etilgan va ikkalasida ham “Burgutlar”ning qo'li baland kelgan.
13 iyun kuni soat 20:00 da boshlanadigan bahsda “Andijon” jamoamizga muvaffaqiyat tilab qolamiz.