Prevyu. “Andijon” – “Surxon”
Superliganing 11-turini boshlab beradigan “Andijon” – “Surxon” bellashuvi oldidan jamoalarning o'zaro o'yinlar statistikasini taqdim etamiz.
Jamoalarning ilk to'qnashuvi 1992 yildan boshlangan. Shu paytga qadar milliy chempionatda 34 marta ro'baro kelishdi. “Andijon”da 17, “Surxon”da 11 g'alaba bor. Yana 6 ta bahsda kuchlar teng kelgan. To'plar nisbati 62\43 jamoamiz foydasiga.
So'nggi bor “Andijon” “Bobur arena”da “Surxon”ni 2021 yilgi mavsumda mag'lub etgan va o'shanda 1:0 hisobi kuzatilgan.
Shu yilning 17 aprel kuni ushbu jamoalar O'zbekiston Kubogi guruh bosqichi doirasida “Bobur arena”da uchrashishdi va unda mehmonlar 2:3 hisobida g'alaba qozondi.
Qolaversa, o'tgan yili birinchi davrada Toshkentda “Surxon” 2:3 hisobida mag'lub etilgan bo'lsa, ikkinchi davrada Andijondagi o'yinda ham 2:3 natijasi qayd etilgan.
Umid qilamizki, “Andijon” jamoamiz navbatdagi to'qnashuvda muxlislarimizni g'alaba bilan xursand qila oladi!
Olg'a “Andijon”, biz jamoamizga ishonamiz!