SAYT TEST REJIMIDA!!!

G'alabalar kuni

G'alabalar kuni

Bugun “Andijanka” va “Andijon” U21 jamoalarimiz o'z o'yinlarini o'tkazdilar.

Jumladan, ayollar futbolchi bo'yicha birinchi liganing 6-turida Bahodir Abdullaev ustozlik qilayotgan “Andijanka” jamoamiz vodiy derbisi doirasida Namanganda “Navbahor-W”ga qarshi maydonga tushdi.

Qiziqarli o'tgan o'yinda ayollar jamoamiz 1:2 hisobida muhim g'alabani qo'lga kiritishdi. Hisob 1:3 bo'lishi ham mumkin edi. Lekin penaltidan foydalana olmadik. Shunda ham “Andijanka” jamoamiz vodiy derbisida Xudoyberdievi hamda Zokirovaning gollari evaziga g'alabani saqlab qoldilar va o'z hisobiga navbatdagi uch ochkoni yozdirib qo'yishdi.

Shuningdek, bugun Abdurashid Ismoilov boshqaruvidagi “Andijon” U21 jamoamiz Yoshlar ligasi 10-tur doirasida G'uzorda “Sho'rtan” U21ga qarshi maydonga tushdi va unda ham jamoamiz 1:2 hisobida g'olib chiqdi. 

Bu safar “Andijon” U21 irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Birinchi bo'limda mezbonlar hisobni ochgan bo'lsa, tanaffusdan keyin o'yin sur'atini o'zgartira olgan vakillarimiz Izzatullaev va G'ayratillaevning gollari evaziga muhim uch ochkoni qo'lga kiritdilar. 

“Navbahor-W” – “Andijanka” - 1:2 (0:1).
18 may. Namangan. «Uychi tumani Markaziy” stadioni. 20 tomoshabin.

Hakamlar: Umidjon Rahimjonov, Islom Nosirov, Aziz Zokirov
Zaxira hakami: Alisher Abduvohidov
Nazoratchi: Shuhrat Bozorov
Komissar: Umid Xolmatov

“Navbahor-W”: Mariya Xalikulova, O'g'iloy Azimjonova, Vazira Xayitova, Shaxnoza Jo'raeva, Zarina Xodjaeva, Sitora Xamroeva, Jasmina Jalilova (Madina Abdurasulova, 54), Rozigul Turg'unova, Ruxsora Oxunova, Marjona Mamajonova, Zuxra Abdurahimova. 

“Andijanka”: Xurmatoy Rahmatullaeva, Gulshoda Sobirova, Komila Xudoyberdieva (Gulsevarbonu Azimova, 59), Umida Abdumutalova, Gulnoza Hamidova (O'g'iloy Jumaboeva, 73), Umida Yigitalieva (Namunabonu Jalolova, 73), Dilnoza Zokirova (Marziyaxon Rejabboeva, 89), Zuxra Obidova (Farangiz Ubaydullaeva, 59), Robiya Mirzaeva, Omadxon Sultonova, Zilola Sayfiddinova.

Gollar: Komila Xudoyberdieva, 4 – 0:1. Marjona Mamajonova, 52-pen. – 1:1. Dilnoza Zokirova, 53 – 1:2.

Amalga oshirilmagan penalti: Omadxon Sultonova, 76.

Ogohlantirishlar: O'g'iloy Azimjonova, 56. Zarina Xodjaeva, 68 – Komila Xudoyberdieva, 16. Omadjon Sultonova, 36. Robiya Mirzaeva, 51. Zilola Sayfiddinova, 63.  

---------------------------------------------------------------

“Sho'rtan” U21 – “Andijon” U21 – 1:2 (1:0).
18 may. G'uzor. “Sho'rtan” FA maydoni. 

Hakamlar: Rinat Serazetdinov, Zilola Rahmatova, Farhod Usmonov.
Nazoratchi: Timur Abdullaev.
Komissar: Elbek Jo'raev. 

"Sho'rtan" U21:  Sarvar Mirzaev (Asadbek Ergashev, 66), Mirkomil Abdurazzoqov (Shoolim Toshimov, 66), Daler Sharipov, Javohir Hasanov, Og'abek Asadov, Azizbek Rajabboqiev, Jasur Jumanazarov (Choriyor Tursunqulov, 33), Amirbek SHeraliev (Shoxruh Eraliev, 86),  Fazliddin Karomatov, Bekzod Bo'riev, Asilbek Anvarov (Anvar O'runov, 86).

“Andijon U21”:  Mohir Komilov, Asatilla G'ayratillaev (Fazliddinxo'ja Ubaydullaev, 90+3),  Akobir Ahmadjonov (Nuriddin Bahodirov, 90+3), Sirojiddin Solijonov, Bekzod Sulaymonov, Abduqodir Ne'matov, Miraziz Maxamadaliev (Rahmatullo Izzatullaev, 46), Xabibulla Xabibullaev, Abbos Abdug'afforov, Xamidullo Karimov, Shoxjahon Yorqinboev.

Gollar: Daler Sharipov, 45 – 1:0. Rahmatullo Izzatullaev, 51 – 1:1. Asatilla G'ayratillaev, 82 – 1:2.

Ogohlantirishlar: Jasur Jumanazarov, 14. Asilbek Anvarov, 45+2. Azizbek Rajabboqiev, 72. Bekzod Bo'riev, 81 – Akobir Axmadjonov, 10. Rahmatullo Izzatullaev, 58.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest