SAYT TEST REJIMIDA!!!

Ertaga “Sherlar” va “Burgutlar” toʻqnashuvi

Ertaga “Sherlar” va “Burgutlar” toʻqnashuvi

Ertaga Superliganing 5-turida “Andijon” jamoamiz Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi oʻyinda maydonga tushadi.

Ushbu klublarning Oʻzbekiston chempionatidagi oʻyinlar tarixi 1992-yildan boshlangan. Shu vaqtga qadar “Paxtakor” hamda “Andijon” elitada 56 marotaba toʻqnash kelishgan. Shundan 41 ta uchrashuvda “Paxtakor”ning qoʻli baland kelgan. “Andijon”da esa 6 ta gʻalaba bor. Yana 9 ta qarama-qarshilikda kuchlar teng kelgan. Toʻplar nisbati 132x39 “Sherlar” foydasiga.

Oʻtgan yili Andijonda va Toshkentdagi uchrashuvlarda bir xil – 3:1 hisobi qayd etilgan boʻlib, ikkalasida ham “Paxtakor”ning qoʻli baland kelgan. 

“Andijon” soʻnggi bor “Paxtakor”ni 2023-yilning 8 oktbyar kuni “Bobur arena”da 1:0 hisobida magʻlubiyatga uchratgan. Aynan oʻsha yili Toshkentdagi bellashuvda jamoalar 1:1 natijasini qayd etishgan. Umuman aytganda, Toshkentda “Paxtakor”ga qarshi oʻyinlarning 4 tasida durang qayd etilgan.

“Sherlar” va “Burgutlar” ishtirokida oʻtadigan navbatdagi 57-toʻqnashuvda umid qilamizki, “Andijon”imiz oʻz muvaffaqiyati bilan muxlislarini quvontira oladi. Bu borada jamoamizga omad tilab qolamiz.

“Paxtakor” – “Andijon” bellashuvi 13-aprel kuni “Jar” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.

Share on Facebook Share on Twitter Share on Pinterest