Yangilik
Yaroslav Xaynek: “Oxirgi 20 daqiqa biz uchun ogohlantiruvchi boʻldi”
“Andijon”ning “Zbroyovka Brno” (Chexiya) klubiga qarshi uchrashuvidan soʻng raqib jamoa bosh murabbiyi Yaroslav Xaynek “Andijon” matbuot xizmati uchun fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Hozirda oʻyinimiz juda yaxshi. Qulay paslar va mukammal texnikalar. Shular tufayli gollar urdik.
Lekin oxirgi 20 daqiqa biz uchun ogohlantiruvchi boʻldi. Biz keyingi hafta boshlanadigan asosiy oʻyinga juda yaxshi tayyorgarlik koʻryapmiz.
Albatta, “Andijon” yaxshi jamoa. Men bu klubga ijobiy natijalarga erishishi tilab qolaman. Shuningdek, yaxshi kayfiyat, yaxshi mavsum va albatta omad tilayman”.