Yangilik
Aleksandr Xomyakov: “Ishlashda davom etamiz, hammasi yaxshi boʻladi”
“Andijon” – “Zbroyovka Brno” (1:4) uchrashuvidan keyin jamoamiz bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmatiga quyidagicha fikr bildirib oʻtdi:
“Bizning kunimiz emasdi. Lekin hammasini nazoratga olganmiz. Raqibimiz bizga nisbatan tetik va ustun edi. Ularda hamma vaziyatlar oʻxshadi. Aniqlik bilan harakat qilishdi.
Darvozamiz tomon yoʻllagan dastlabki ikkita zarbasi hisobni 2:0 boʻlishiga olib keldi. Bizda charchoqlar toʻplanib qoldi. Boshni egishga arzimaydi. Hammasi reja boʻyicha ketyapti.
Bu bizga yaxshi dars boʻldi. Hali oʻylash uchun vaqt bor. Shuning uchun vahimali hech narsa boʻlgani yoʻq. Hozir boʻlgani yaxshi, keyin boʻlaganidan koʻra. Ishlashda davom etamiz, hammasi yaxshi boʻladi”