Raqib jamoa murabbiylari qanday fikrda?
Maʼlumki, kecha “Andijon” Avstriyaning “Voytsberg” va Norvegiyaning “Raufoss” klublariga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvlarini oʻtkazdi.
Har ikkala uchrashuvdan soʻng “Andijon” matbuot xizmati raqib jamoa ustozlarining fikrlari bilan qiziqdi.
David Prays (“Voytsberg” bosh murabbiyi):
“8 kunlik tayyorgarlikdan keyin bu biz uchun yaxshi oʻyin edi. Uchrashuvda temp baland edi. “Andijon” ham yaxshi jamoa ekan. Uchrashuvda yutganimizdan xursandman. Endi bizda ligani boshlashimizga ikki haftadan oshiq vaqt bor va ushbu bellashuv ham biz uchun foydali boʻldi”.
Tom Dent (“Raufoss” bosh murabbiyi):
“Juda quvnoq oʻyin boʻldi, biz uchun. Oʻzbekistondagi katta jamoalardan biriga qarshi oʻynadik. Albatta, bu biz uchun biroz qiyinchilik tugʻdirdi. Ammo bunga ahamiyat bermaslikka harakat qildik. Ushbu raqobatdan zavqlandim. Dastlabki 20-25 daqiqada “Andijon”ning ustunligi boʻldi va oxirgi daqiqalarda biz qarshi hujumlarni oʻtkazib yubordik. Umuman, bu adolatli oʻyin boʻldi. “Andijon” esa ajoyib taassurot qoldirdi”.